Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

“Tottenhem” muxlislar uchun abonementlarni yangilash muddatini uzaytirdi

“Tottenhem” muxlislar uchun abonementlarni yangilash muddatini uzaytirdi

Baho:
+ | -

Angliyaning “Tottenhem” klubi Angliya Premyer Ligasidan tushib ketish xavfi fonida mavsumiy abonementlarni yangilash muddatini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, muxlislarga kelasi mavsumdagi vaziyat oydinlashguncha qaror qabul qilish imkonini berish maqsadida 2026/27 yilgi mavsum uchun abonementlarni yangilash muddati 7 iyunga qadar uzaytirilgan. Klub bu qaror muxlislar bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlardan so‘ng qabul qilinganini bildirgan.

Hozirda “Tottenhem” Premyer Liga turnir jadvalida 29 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda. Jamoa quyi pog‘onadagi raqiblardan juda kichik farq bilan oldinda turibdi. Xususan, 17-o‘rindagi “Nottingem Forest” hamda tushib ketish zonasida borayotgan “Vest Hem” londonliklardan atigi bir ochkoga ortda qolmoqda.

“Shporlar” APLdagi so‘nggi g‘alabasini 2025 yilning 28 dekabr kuni “Kristal Pelas”ga qarshi uchrashuvda qo‘lga kiritgan edi. Shundan beri jamoa qiyin davrni boshdan kechirmoqda.

Klub bayonotida vaziyatning jiddiyligi tan olingani, biroq jamoa Angliya chempionatidagi o‘rnini yaxshilash va mavsumni imkon qadar kuchliroq yakunlash uchun harakat qilayotgani ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun, “Tottenhem” Premyer Liga tashkil etilganidan buyon ushbu musobaqani tark etmagan jamoalardan biri hisoblanadi. London klubi so‘nggi marta 1977 yilda Angliya yuqori divizionidan tushib ketgan.

Jamoa navbatdagi uchrashuvini 15 mart kuni safarda “Liverpul”ga qarshi o‘tkazadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:39, 13.03.2026.
O'qildi: 751 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик