Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Jeremi Doku “Real Madrid”ga qarshi uchrashuv haqida: “Biz o‘zimizga ishonamiz”

Jeremi Doku “Real Madrid”ga qarshi uchrashuv haqida: “Biz o‘zimizga ishonamiz”

Baho:
+ | -

Angliyaning “Manchester Siti” klubi vingeri Jeremi Doku “shaharliklar” hali ham “Real Madrid”ga qarshi bahsni o‘z foydasiga o‘zgartira olishiga ishonishini ma’lum qildi.

“Agar imkoniyat yo‘q desam, bu mening aqldan ozganimni bildiradi. "Real" – juda kuchli jamoa, lekin ular bizga uchta gol urgan bo‘lsa, nega biz ham ularga ura olmaymiz? ‘Etihad’da muxlislarimiz ularga bosim o‘tkazishi kerak. Hamma narsa bo‘lishi mumkin, biz o‘zimizga ishonamiz. Agar muxlislar biz bilan birga bo‘lsa, bu butunlay boshqa darajadagi o‘yin bo‘ladi”, deydi Doku.

Belgiyalik qanot hujumchisi javob uchrashuvi oldidan “Siti” muxlislarini stadionda o‘zgacha atmosfera yaratishga chaqirdi.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichining dastlabki uchrashuvida “Manchester Siti”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. “Qirollik klubi” hujumchisi Federiko Valverde uchrashuvda xet-trik muallifiga aylandi.

Mazkur bahsda “Manchester Siti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 17 mart kuni Manchesterdagi “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18 martga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:52, 15.03.2026.
O'qildi: 1136 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик