Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

"Borussiya" o‘z tarixidagi eng foydali transferni amalga oshirdi

"Borussiya" o‘z tarixidagi eng foydali transferni amalga oshirdi

Baho:
+ | -

Bundesliga o‘rtamiyonasi — Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi Rokko Rays yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida klubini o‘zgartiradi. Bu haqda uning hozirgi jamoasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Rokko uchun biz oladigan transfer summasi — "Borussiya" o‘z tarbiyalanuvchisi uchun qachonlardir olgan eng yuqori mablag‘dir", - dedi "Borussiya" sport bo‘limi rahbari Ruven Shryoder.

"Va’da beramanki, qolgan har bir o‘yinda, ayniqsa shu dam olish kunlari bo‘lib o‘tadigan derbida bor kuchim bilan harakat qilaman", - deya bayonot berdi Rays.

Kelishuv summasi 20 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda. Joriy mavsumda Rays 27 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shuningdek, 6 ta sariq va 1 ta qizil kartochka oldi.

Kiritildi: 17:04, 16.03.2026.
O'qildi: 2000 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик