Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

The Athletic jurnalisti Husanov nega eng kam baholanadigan futbolchilar qatoriga kiritilganini tushuntirdi

The Athletic jurnalisti Husanov nega eng kam baholanadigan futbolchilar qatoriga kiritilganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

The New York Times nashrining sport ilovasi The Athletic yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan, lekin muxlislar va mutaxassislar orasida, mediada yetarlicha qadrlanmaydigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Ularning orasida Abduqodir Husanov ham o‘rin olgan.

Ro‘yxatda Federiko Valverde, Xarri Keyn, Bernardu Silva, Maykl Olise va Joau Nevesh kabi yulduzlar ham bor.

Maqolaning Husanov haqidagi qismini yozgan Sem Li uning ro‘yxatga kiritilishini quyidagicha izohladi:

«Ehtimol, u dunyodagi eng past baholangan futbolchi emasdir, ammo uning o‘tgan mavsumda «Chelsi»ga qarshi o‘yindagi falokatli debyuti — golga sabab bo‘lib qolgani va dastlabki 20 daqiqada butunlay sarosimaga tushib qolgani — ko‘pchilikni o‘zbekistonlik markaziy himoyachi umidsiz futbolchi deb o‘ylashga sabab bo‘lgandi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay Husanov vaziyatni to‘g‘rilay boshladi, «Man Siti» uni bekorga sotib olmaganini isbotlay boshladi.

Bu mavsumda esa u yanada yaxshiroq o‘ynamoqda. 22 yoshida u haqiqiy javohirni eslatadi. Chunki u «Man Siti»ga o‘tishdan oldin top-chempionatlarda to‘liq bo‘lmagan ikki mavsum o‘tkazgan. U aql bovar qilmaydigan tezlikka ega, shuningdek, himoyaviy vaziyatlarni o‘qishi va to‘p uchun agressiv kurashish qobiliyatiga ega. Ba’zida u juda tajovuzkor ko‘rinadi, lekin bu tuzatish mumkin bo‘lgan yoshlikdagi go‘rliklardan. U to‘p bilan muomala qilishni ham yaxshi biladi. Husanov haqiqatan ham istiqbolli futbolchi».

Kiritildi: 17:32, 17.03.2026.
O'qildi: 3584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик