Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Tibo Kurtua qachon tibbiy ko‘rikdan o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Tibo Kurtua qachon tibbiy ko‘rikdan o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Real» darvozaboni Tibo Kurtuaning «Atletiko»ga qarshi derbida ishtirok etishi hamon so‘roq ostida qolmoqda.

Belgiyalik posbon Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi javob o‘yinining (2:1) tanaffusida almashtirildi va uning o‘rniga Andriy Lunin maydonga tushdi. Xabar qilinishicha, Kurtuaning son sohasidagi mushaklarida zo‘riqish bor — u noqulaylikni o‘yindan oldingi chigal yozdi mashg‘ulotlari vaqtidayoq his qilgan.

As nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, bugun «Real» Kurtuaga dam berishga qaror qilgan. Ertaga, payshanba kuni darvozabon jarohatning xarakteri va darajasini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi rejalashtirilgan.

La Liganing 29-turidan o‘rin olgan «Real» va «Atletiko» o‘rtasidagi uchrashuv 22 mart, yakshanba kuni «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 17:40, 18.03.2026.
O'qildi: 850 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик