Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Levandovski Messining rekordini yangiladi

Levandovski Messining rekordini yangiladi

Baho:
+ | -

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “Nyukasl” darvozasiga dubl qayd etib (7:2), musobaqa tarixidagi mutlaq rekordni o‘rnatdi.

37 yoshli futbolchi uchrashuvning 56 va 61-daqiqalarida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. MisterChip nashri xabariga ko‘ra, ushbu gollardan so‘ng Levandovski Chempionlar Ligasida turli xil jamoa darvozasini 41 marta ishg‘ol qilgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.

Shu tariqa, u bu ko‘rsatkich bo‘yicha Lionel Messini (40 ta jamoa) ortda qoldirib, peshqadamlikni qo‘lga oldi. Ro‘yxatning uchinchi pog‘onasida Krishtianu Ronaldu (38 ta jamoa) bormoqda.

YECHLda eng ko‘p turli jamoalarga gol urgan futbolchilar:

- Robert Levandovski — 41 ta
- Lionel Messi — 40 ta
- Krishtianu Ronaldu — 38 ta

Eslatib o‘tamiz, Levandovski YECHLdagi gollarini “Borussiya Dortmund”, “Bavariya” va “Barselona” klublari safida kiritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:05, 19.03.2026.
O'qildi: 1700 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик