Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Vadim Abramov "Buxoro"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

Vadim Abramov "Buxoro"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan «Buxoro» — «Dinamo» (3:1) uchrashuvidan so‘ng, Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Quyida tajribali mutaxassisning o‘yin va jamoadagi ichki holat borasidagi fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

— O‘yin haqida nima deya olasiz? — Avvalo, raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun «Buxoro»da zafar quchishga bo‘lgan ishtiyoq kuchliroq ko‘rindi. Bizga aynan shu narsa yetishmadi. Vaqtidan oldin «qo‘l ko‘tardik», bu esa yakunda mag‘lubiyatga olib keldi.

— Ro‘ziqul Berdiyev «Dinamo» faqat 70 daqiqa futbol o‘ynayapti, degan fikrni bildirgandi. Bunga qo‘shilasizmi? Shuningdek, terma jamoaga nomzod Jahongir O‘rozovning bugungi o‘yini haqida nima deysiz? — Bu savollarga hozir javob berish men uchun mushkul. Aslida, savolning ichida javobni o‘zingiz berib bo‘ldingiz. Keyingi savolga o‘taqolaylik.

— O‘tgan yilgi «Dinamo»ning mazmunli o‘yinidan asar ham qolmayotgandek... — Bunga ham javob berish oson emas. Ko‘rib turganingizdek, o‘yinga o‘zini baxsh etish yetishmayapti. Men futbolchilarga har safar baqira olmayman. Qancha vaqt davomida futbol o‘ynaganimizni ham aniq ayta olmayman.

— Jamoaning o‘yinida barqarorlik yo‘q, buning sababi nimada? — O‘tkazib yuborilgan ikkita gol jamoaga ruhiy jihatdan qattiq ta’sir qildi. Bunday xatolarga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak edi. Endi o‘yinni qayta ko‘rib, tahlil qilamiz va sabablarini qidiramiz.

— O‘yindan oldin maydon holatidan norozi edingiz... — Menimcha, bunday holatdagi maydonda futbol o‘ynashga boshqa ruxsat berishmasa kerak. Bu mavzuda ortiqcha gapirishni istamayman.

— Futbolchilarda ishtiyoq so‘ngani sezilmoqda. Homiylarning e’tiborsizligi bunga sabab bo‘lyaptimi? — Men futbolchilar oldida ham rahbar, ham murabbiyman. Xo‘sh, bu vaziyatda ularga nima deyishim kerak? Ertaga bayram, shunday kunda hammaning kayfiyatini tushirishim kerakmi? Bu bilan biror narsa o‘zgaradimi? Mening futbolchilarga e’tirozim yo‘q, chunki ular ham oilasini o‘ylaydi. Ularning ro‘zg‘orini kim boqadi? Savollar juda ko‘p, ammo javoblar tubsizlikka ketib qolgan.

Kiritildi: 22:51, 19.03.2026.
O'qildi: 1625 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик