Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

"Real"da "Atletiko" bilan derbi oldidan Mbappe bo‘yicha qaror qabul qilindi

"Real"da "Atletiko" bilan derbi oldidan Mbappe bo‘yicha qaror qabul qilindi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe jarohatidan so‘ng ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyorlanmoqda.

Fransiyalik futbolchi tizzasidagi muammolar sababli beshta o‘yinni o‘tkazib yubordi, yaqinda Chempionlar ligasi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan bahsda esa zaxiradan maydonga tushdi. Diario AS nashrining ma’lumotiga ko‘ra, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa bo‘lajak «Atletiko»ga qarshi derbida yulduz forvardni ilk daqiqalardan o‘ynatmoqchi. Uchrashuv yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi.

Kilian Mbappe joriy mavsumda «Real» safida o‘tkazilgan 34 ta o‘yinda 38 ta gol va oltita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Yaqinda 27 yoshli futbolchi Fransiya terma jamoasining mart oyida Braziliya va Kolumbiyaga qarshi kechadigan o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun chaqiruv oldi.

Kiritildi: 12:38, 21.03.2026.
O'qildi: 5800 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик