Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Mastantuono Argentina tarkibiga kiritildi

Mastantuono Argentina tarkibiga kiritildi

Baho:
+ | -

«Real» yarim himoyachisi Franko Mastantuono Argentina terma jamoasidan chaqiruv oldi.

Argentinaliklar bosh murabbiyi Lionel Skaloni 18 yoshli vingerni Mavritaniya (27 mart) va Zambiyaga (31 mart) qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun dastlabki ro‘yxatga kiritmagan edi. Biroq bugun Mastantuono va «Strasbur» hujumchisi Xoakin Panichelli qo‘shimcha ravishda tarkibga jalb etilgani ma’lum bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, avvalroq rejalashtirilgan Gvatemalaga qarshi bahs bekor qilinib, uning o‘rniga Zambiya bilan o‘yin tashkil etiladigan bo‘ldi.

Franko hisobida La Liganing 16 ta o‘yinida 1 ta gol bor, Xoakin esa Fransiya 1-ligasining 26 ta uchrashuvida 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 13:42, 21.03.2026.
O'qildi: 522 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик