Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Arbeloa: "Dunyoning eng yaxshi darvozaboni jarohat olsa, o‘rniga boshqasi chiqadi"

Arbeloa: "Dunyoning eng yaxshi darvozaboni jarohat olsa, o‘rniga boshqasi chiqadi"

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa darvozabon Tibo Kurtua jarohatidan so‘ng safga qaytishi uchun klub tomonidan hech qanday muddat belgilanmaganini ta’kidladi.

Tibo Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Manchester Siti»ga qarshi javob uchrashuvining (2:1) tanaffus paytida almashtirilgan edi. Ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, darvozabon o‘yinoldi chigalyozdi mashqlari paytidayoq og‘riq sezgan.

«Biror o‘yinchini maydonga tushirayotganimda doim tavakkalchilik bo‘ladi. Juda kam sonli futbolchilar maydonga 100 foiz tayyor holda va hech qanday noqulayliksiz tushadilar. Bu normal holat. «Manchester Siti» bilan o‘yin tanaffusida Tibo o‘yinni davom ettirishni istagandi, biroq uni to‘xtatishga shaxsan o‘zim qaror qildim. Bunga sabab, shuningdek, Luninga bo‘lgan to‘liq ishonchimdir. U ajoyib darvozabon va buni isbotlaydi. Agar tarixdagi eng yaxshi golkiper jarohat olsa, o‘rniga boshqasi tushadi. Biz Kurtuaning qaytishi bo‘yicha hech qanday muddat belgilamayapmiz», — deya Arbeloaning so‘zlarini keltirmoqda AS.

Avvalroq ESPN nashri Kurtua o‘ng oyoq son mushagidagi jarohat tufayli olti haftani o‘tkazib yuborishi haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 15:26, 21.03.2026.
O'qildi: 914 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик