Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Ekitikening jarohati bo‘yicha birinchi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Ekitikening jarohati bo‘yicha birinchi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Ugo Ekitike Angliya chempionatining 31-turi doirasida «Brayton»ga qarshi kechgan bahsning ilk daqiqalaridayoq almashtirilgan edi. Foot Mercato jurnalisti Santi Aunaning xabar berishicha, hozircha hammasi dastlab ko‘ringanchalik jiddiy emas. Ekitike sonidan kuchli zarba qabul qilib olgan — unda lat yeyish aniqlangan.

Shu bilan birga, 23 yoshli Ekitikening holati bo‘yicha yakuniy va aniq ma’lumotlar qo‘shimcha tibbiy ko‘riklardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Didye Desham Ugo Ekitikeni Fransiya terma jamoasining mart oyidagi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritgan edi. Ushbu yig‘in doirasida fransuzlar Braziliya va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadilar.

Kiritildi: 22:07, 21.03.2026.
O'qildi: 1255 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик