Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Allegri Rabyoning "Milan" uchun ahamiyatini tushuntirdi

Allegri Rabyoning "Milan" uchun ahamiyatini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Milan» jamoasi tarkibga qaytgan fransuz Adriyen Rabyo bilan birga A Seriyaning 30-turida «Torino»ni mag‘lub etdi. Ushbu o‘yindan so‘ng jurnalistlar jamoa ustozi Massimiliano Allegridan nima sababdan Rabyo tarkibda bo‘lganida «Milan» har o‘yinda o‘rtacha bitta ko‘proq ochko to‘playotgani haqida so‘rashdi.

«U kuchli va muhim futbolchi, lekin boshqa o‘yinchilar ham xuddi shunday ahamiyatga ega. Rabyo bizning boshqa futbolchilarimiz orasida o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Biroq futbolchilar bir-birini to‘ldirishi kerak», – deya Allegrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it nashri.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchi o‘tgan yozda «Milan» safiga kelib qo‘shilgan edi. U bundan avval ham A Seriyada Turinning «Yuventus» jamoasida, aynan Allegri qo‘l ostida to‘p surgan.

Kiritildi: 08:30, 22.03.2026.
O'qildi: 559 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик