Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Mashhur futbolchi "Barsa"ga tekinga o‘tishga qaror qildi

Mashhur futbolchi "Barsa"ga tekinga o‘tishga qaror qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva kelayotgan yozda «shaharliklar» bilan shartnomasi yakunlanishi munosabati bilan «Barselona»ga o‘tishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ydi. Uning nomzodi agent Jorje Mendesh orqali kataloniyaliklarga taklif qilingan. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Kataloniya klubi Bernardu bilan shartnoma imzolanishini «qiziqarli kelishuv» deb hisoblaydi, biroq hozirda jamoada ushbu pozisiyada futbolchilar juda ko‘pligini ham tushunib turibdi. «Barselona» «Manchester Siti» sardorining transferiga birinchi darajali vazifa sifatida qaramayapti, chunki «blaugrana» birinchi navbatda markaziy himoyachi va hujumchi sotib olishni istaydi. Shu bilan birga, sine-granatoliklar 31 yoshli yarim himoyachining mahoratiga shubha qilishmayapti.

Joriy mavsumda Bernardu barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 27 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 13:40, 22.03.2026.
O'qildi: 6193 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик