Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 3-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Xosep Gvardiola: “Dunyo halokat yoqasida, biz esa futbol haqida gaplashyapmiz”

Xosep Gvardiola: “Dunyo halokat yoqasida, biz esa futbol haqida gaplashyapmiz”

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola uchun futboldagi taktik chizmalar va yangi sovrinlar hozircha ikkinchi darajali masalaga aylangan. Angliya Liga Kubogi finali oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida murabbiy strategiya haqidagi savolga kutilmaganda global muammolar haqida gapirib javob qaytardi.

Bo‘lajak raqib tahlili o‘rniga, Gvardiola diqqatni dunyodagi inqirozlarga qaratishni afzal bildi. Murabbiyning fikricha, zamonaviy jamiyat futbol kabi ko‘ngilochar sohalarga haddan tashqari berilib ketib, sayyoradagi ortga qaytmas jarayonlarga ko‘z yummoqda.

“Dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga nazar tashlang: biz misli ko‘rilmagan tartibsizliklar girdobiga tushib qolyapmiz, ammo hech kim buni to‘xtatish uchun harakat qilmayapti. Barcha jarayonlar sahna ortida kechmoqda. Dunyo halokat sari bormoqda. Biz esa hamon bu yerda o‘tirib, u yoki bu jamoa yoxud bo‘lajak o‘yin haqida bahslashyapmiz. Bugun dunyoda futboldan ancha muhimroq muammolar mavjud”, deya ta’kidladi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Liga Kubogi finali doirasidagi “Arsenal” — “Manchester Siti” bahsi bugun, 22 mart yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.

Ma’lumot o‘rnida, 28 fevral kuni AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyot boshladi. Shuningdek, boshqa mamlakatlar o‘rtasida ham siyosiy vaziyatlar keskin tus olgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:45, 22.03.2026.
O'qildi: 1126 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик