Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Misr klubi Afrika Futbol Konfederasiyasi shafeligida o‘tadigan barcha turnirlarga boykot e’lon qildi

Misr klubi Afrika Futbol Konfederasiyasi shafeligida o‘tadigan barcha turnirlarga boykot e’lon qildi

Baho:
+ | -

Misrning “Farko” futbol klubi Afrika Futbol Konfederasiyasi (AFK) shafeligida o‘tkaziladigan barcha musobaqalarda ishtirok etishdan muddatsiz voz kechishini ma’lum qildi. Bunday qarorga tashkilotning 2026-yilgi Afrika Millatlar Kubogi finali natijasini bekor qilib, Marokash terma jamoasini g‘olib deb e’lon qilgani sabab bo‘lgan.

"Farko" futbol klubi AFK Chempionlar Ligasi, AFK Superkubogi va konfederasiya tomonidan ta’sis etilgan boshqa har qanday turnirlarga muddasiz boykot e’lon qiladi”, deyiladi klub rasmiy bayonotida.

Ma’lumot uchun, “Farko” klubi 2010-yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan mavsumda Misr chempionatini yettinchi o‘rinda yakunlagan. Jamoa o‘z tarixi davomida hali biror marta AFK shafeligidagi musobaqalarda ishtirok etmagan.

Avvalroq AFK Afrika Millatlar Kubogi finalida Senegal terma jamoasiga 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyat yozib, Marokashni chempion deb e’lon qilgan edi. Bunga senegallik futbolchilarning hakam qaroriga norozilik sifatida maydonni 10 daqiqadan ko‘proq vaqtga tark etgani sabab bo‘lgan.

Final bahsining asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda VAR tizimi orqali Senegalning goli bekor qilingan, ketma-ket ikkinchi marta VARga murojaat qilingach esa senegalliklar darvozasiga penalti belgilangan. Jamoa bosh murabbiyi Pap Tiyav norozilik belgisi sifatida futbolchilarni maydondan olib chiqib ketgan. 15 daqiqadan so‘ng jamoa maydonga qaytgan va darvozabon Eduar Mendi marokashlik Braim Dias tomonidan yo‘llangan penalti zarbasini qaytargan. Uchrashuvning asosiy vaqti 0:0 hisobida yakunlanib, qo‘shimcha bo‘limlarda Pape Gee tomonidan kiritilgan yagona gol Senegalga g‘alaba keltirgan edi.

Hozirda Senegal futbol federasiyasi AFK qarori ustidan Sport arbitraj sudi (CAS)ga shikoyat qilishi kutilmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:45, 22.03.2026.
O'qildi: 1094 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик