Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sattonga Artetaning tanlovi yoqmadi

Sattonga Artetaning tanlovi yoqmadi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Kris Satton Liga kubogi finalida "Manchester Siti"ga qarshi bahsda Kepa Arrisabalaganing o‘yinini tanqid qildi.

"Kanonirlar"ning zaxira darvozaboni xatoga yo‘l qo‘yganidan so‘ng, o‘yinning antiqahramonlaridan biriga aylandi. Uchrashuv "Siti" foydasiga 2:0 hisobida yakunlandi.

"Men hech qachon murabbiylar kubok finalida ikkinchi darajali darvozabonlarni maydonga tushirishlarini ko‘rmaganman.

Rostini aytsam, men buni tushunmayapman. Sizning vazifangiz sovrinni yutish, shunday ekan, nega birinchi darajali darvozaboningizni maydonga tushirmasligingiz kerak? Bu oddiy fikr", dedi Satton.

Kiritildi: 10:40, 23.03.2026.
O'qildi: 707 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик