Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Arbeloa "Atletiko" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin Mbappe haqida gapirdi

Arbeloa "Atletiko" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin Mbappe haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jarohatidan so‘ng safga qaytgan hujumchi Kilian Mbappe haqidagi savolga javob berdi. Fransiyalik futbolchi yakshanba kuni «Atletiko»ga qarshi kechgan derbida «qaymoqranglilar»ning asosiy tarkibidan joy olmadi, biroq 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

«Shubhasiz, agar dunyoning eng yaxshi futbolchisi tayyor bo‘lsa, uning maydonda imkon qadar ko‘proq vaqt o‘tkazishini xohlaysiz. Ammo Kilian qariyb bir oy davomida safda bo‘lmadi, shu sababli uni asosiy tarkibga asta-sekin qaytarayotganimiz tabiiy hol deb o‘ylayman.

Mbappe zaxiradan tushganidan so‘ng o‘zini ko‘rsata oldi — u doimiy ravishda raqib darvozasiga xavf tug‘dirib turdi. Ishonchim komil, endi u terma jamoa ixtiyorida o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi va klub ixtiyoriga yaxshi sport formasida qaytadi», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.

«Atletiko» darvozasiga kiritilgan gollarga Vinisius Junior (dubl) va Federiko Valverde mualliflik qilishdi.

Kiritildi: 12:00, 23.03.2026.
O'qildi: 749 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик