Saudiyaning «Al-Hilol» klubi portugaliyalik himoyachi Joau Kanseluni «Barselona»ga tekinga qo‘yib yuborishni istamayapti. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Avvalroq, «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Kanseluni jamoada saqlab qolmoqchi ekani, biroq «Barselona» futbolchini faqat erkin agent maqomida qabul qilishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.
Biroq, voqealarning bunday rivoji «Al-Hilol»ni qoniqtirmasligi aytilmoqda. Saudiya Arabistoni klubi o‘z himoyachisi uchun 15 million yevro talab qilmoqda.
«Barselona» Kanseluni qishki transfer oynasida ijaraga olgan edi. Kataloniyaliklar safida u 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.













