"Barselona" hujumchisi Ferran Torres "Atletiko Madrid" e’tiborini tortdi.
Yaqinda "ko‘k-anorranglilar" yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida 26 yoshli futbolchi uchun takliflarni tinglashga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.
Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, "Atletiko" hujumchi bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.













