«Chelsi»ning sobiq futbolchisi Gustavo Poyet nima uchun Liam Rosenyor «ko‘klar»ni boshqarish taklifini qabul qilgani haqida gapirib berdi.
«Menimcha, Liam bu ishga rozi bo‘lishga majbur edi, chunki bu kutilmagan taklif bo‘ldi — bunday vaziyatda rozi bo‘lish kerak, "yo‘q" deb bo‘lmasdi. Odamlar: "Balki u yana bir necha yil kutishi kerakmidi", deyishlari mumkin. Ammo yo‘q, qachonki "Chelsi" senga murojaat qilsa, rozi bo‘lishing shart. Lekin bunday qiyin vazifani qanday uddalash mumkin? Hozir, ketma-ket to‘rtta o‘yinda mag‘lub bo‘lgach, unda muammolar yuzaga keldi. Liam uchun murakkab vaziyat», — deya Poyetning so‘zlarini keltiradi Football London.
Liam Rosenior shu yilning yanvar oyida Enso Mareska o‘rnini egallab, «Chelsi» bosh murabbiyiga aylangan edi. Ayni damda London klubi Angliya chempionati turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.













