Kirish Ro'yxatdan o'tish

Osiyo kubogi-2027 qur’asi noma’lum muddatga qoldirildi

Osiyo kubogi-2027 qur’asi noma’lum muddatga qoldirildi

Baho:
+ | -

Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) 2027-yilgi Osiyo Kubogi final bosqichiga qur’a tashlash marosimi qoldirilganini rasman e’lon qildi. Mazkur tadbir 2026-yilning 11 aprel kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyod shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

OFK rasmiy saytida berilgan bayonotga ko‘ra, ushbu qaror barcha manfaatdor tomonlarning marosimda to‘liq va xavfsiz ishtirok etishini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Konfederasiya Saudiya Arabistoni tashkiliy qo‘mitasiga tayyorgarlik uchun minnatdorchilik bildirdi va a’zo assosiasiyalarni vaziyatni to‘g‘ri tushunishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, mintaqadagi vaziyat 28 fevral kuni AQSH va Isroilning Eronga qarshi qo‘shma harbiy operasiyasi boshlanishi ortidan keskinlashgan edi. Eron bunga javoban AQSHning mintaqadagi harbiy bazalariga, shuningdek, Isroil, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Quvayt va Bahrayndagi qator ob’ektlarga zarbalar berdi. Aynan mana shu harbiy to‘qnashuvlar xalqaro sport tadbirlarini reja asosida o‘tkazishga to‘sqinlik qilmoqda.

Hozircha Osiyo kubogi-2027 qur’asi qachon o‘tkazilishi haqida aniq ma’lumot berilmagan. Musobaqaning o‘zi esa Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tishi rejalashtirilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:02, 26.03.2026.
O'qildi: 319 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик