Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul

Kroos: «Faqat Chempionlar ligasi haqida o‘ylardik»

Kroos: «Faqat Chempionlar ligasi haqida o‘ylardik»

Baho:
+ | -3

Madridning «Real» klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos jamoaning Chempionlar ligasidagi g‘alabalarga bo‘lgan intilishi va Florentino Peresning talabchanligi haqida xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men faoliyatimning oxirigacha g‘alabaga tashna edim. Biz Chempionlar ligasida g‘olib chiqqanimizda, ertasi kuniyoq prezident [Florentino Peres] keyingi yil ham unda zafar quchishimiz kerakligini aytardi.

Biz g‘alabadan faqat bir necha soat davomida zavqlanishimiz mumkin edi, xolos. Ertasiga esa prezidentdan: «Juda yaxshi, keyingi yil ham xuddi shu joyda, xuddi shu kubok bilan ko‘rishamiz», degan gapni eshitardik. Bu oddiy tuyulishi mumkin, ammo bu bizga bo‘shashishga yo‘l qo‘ymasdi. Ushbu klubda xayolingda faqat bir narsa bo‘ladi: «Chempionlar ligasi, Chempionlar ligasi va yana Chempionlar ligasi».

Biz haqiqiy jamoa edik. Tarkibimizda ko‘plab ajoyib futbolchilar bor edi, lekin hakam hushtagi chalinganida barchamiz bir narsani xohlayotganimizni tushunib turardik. Hammamiz g‘alaba qozonishni istardik va bu asosiy omil edi. Biz juda kuchli edik. Agar jamoangiz yomon bo‘lsa, Chempionlar ligasida g‘olib chiqa olmaysiz», — dedi Kroos.

Kiritildi: 06:25, 27.03.2026.
O'qildi: 1503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик