Milanning «Inter» klubi himoyachisi Matteo Darmian jamoadagi so‘nggi mavsumini o‘tkazmoqda. 36 yoshli futbolchi tez orada erkin agentga aylanadi: uning iyun oyi oxirida yakuniga yetadigan amaldagi shartnomasi uzaytirilmaydi, deb xabar bermoqda FcInterNews.
Tajribali o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Kremoneze» klubi harakat qilib ko‘radi, biroq buning uchun jamoa A Seriyada o‘z o‘rnini saqlab qolishi lozim. Shuningdek, futbolchiga «Sassuolo» va «Monsa» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Matteo Darmian 2020 yildan buyon «neradzurrilar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda italiyalik faxriy futbolchi barcha musobaqalarda atigi 6 bor maydonda ko‘rinish berdi. U faoliyati davomida «Parma», «Manchester Yunayted», «Torino», «Palermo» va «Milan» kabi klublar ranglarini himoya qilgan.













