«Arsenal» qanot himoyachisi Ben Uayt faoliyatini «Nyukasl»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sports Boom nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «zag‘izg‘onlar» Uaytni yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi kutilayotgan Kiran Trippyerga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rishmoqda. «Kanonirlar» esa klub byudjetini muvozanatlashtirish maqsadida 28 yoshli futbolchini sotishga tayyor.
Joriy mavsumda Ben Uayt barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 21 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida bitta gol va ikkita golli uzatma mavjud.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Uaytning bozor qiymatini 30 million yevroga baholashmoqda.













