Bugun, 27 mart kuni Toshkentda start olgan "Fifa Series" o‘rtoqlik turniri doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gabonga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Transfermarkt portaliga nazar tashlaydigan bo‘lsak, "oq bo‘rilar" umumiy transfer bahosi bo‘yicha afrikaliklardan 2 baravar qimmatroq - 63,50 mln yevroga 29,83 mln yevro.
Milliy jamoamizning eng qimmat futbolchisi Abduqodir Husanov hisoblanadi. Uning narxi 35 million yevroga teng.

Gabonning eng qimmat futbolchisi "Los-Anjeles" vingeri Denis Buanga - 8 mln yevro.

Bugungi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi. Avvalroq, Abduqodir Husanov Eronga qarshi avvalgi o‘yinda qizil kartochka olgani sabab bugun o‘ynamasligi ma’lum bo‘lgandi.













