Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

"Roma" Artyom Dovbik va bir qator yulduzlarni sotuvga qo‘ymoqchi

"Roma" Artyom Dovbik va bir qator yulduzlarni sotuvga qo‘ymoqchi

Baho:
+ | -

Ukraina terma jamoasi hujumchisi Artyom Dovbik yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida «Roma»ni tark etishi mumkin. Italiya klubi bir qator futbolchilarni, jumladan ukrainalik forvardni ham sotuvga qo‘yishni rejalashtirmoqda. La Gazzetta dello Sport nashriga tayanib Siamo la Roma xabar berishicha, klub rahbariyati hujumchining joriy mavsumdagi o‘yinlaridan norozi.

«Roma» xayrlashmoqchi bo‘lgan futbolchilar qatorida Paulo Dibala, Zeki Chelik, Lorenso Pellegrini va Stefan El-SHaaravilar bor. Shuningdek, klub ijara asosida to‘p surayotgan Evan Fergyuson va Kostas Simikas bilan ham hamkorlikni davom ettirmaydi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Dovbik jarohatidan so‘ng tiklanish jarayonini o‘tamoqda. Ushbu mavsumda u Rim klubi safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali hujumchini 15 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:50, 28.03.2026.
O'qildi: 840 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик