Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Ambrozini «Milan»ning ikki yulduzi Jahon chempionatiga borishiga shubha qilmoqda

Ambrozini «Milan»ning ikki yulduzi Jahon chempionatiga borishiga shubha qilmoqda

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi bilan 2000 yilgi Yevropa chempionati kumush medalini qo‘lga kiritgan sobiq yarim himoyachi Massimo Ambrozini «Milan»ning ikki futbolchisi Jahon chempionatiga borish imkoniyatlari haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi. Gap fransuzlar — Yussuf Fofana va Kristofer Nkunku haqida bormoqda.

«Menga Fofana yoqadi. Texnik nuqtai nazardan u ko‘pchilik o‘ylaganidan yaxshiroq o‘ynaydi. Ammo uning Jahon chempionati uchun terma jamoa qaydnomasiga kirishiga ishonchim komil emas. Men shunchaki ro‘yxatga qarayapman: Kamavinga, Kante, Kone, Rabio, Chuameni, Zair-Emeri. Shunday ekan, unga juda qiyin bo‘ladi», — deya Ambrozinining so‘zlaridan iqtibos keltiradi GFFN.

«Nkunku uchun esa bundan ham qiyinroq bo‘ladi! U «Milan»ga o‘tgan vaqtida eng yaxshi sport formasida emasdi, chunki anchadan beri mashg‘ulot o‘tkazmagandi. Yanvar va fevral oylarida ishlari biroz yurishib ketdi, bir nechta muhim gollar urdi. Ammo endi «Milan»da Fyullkrug bor, Santyago Ximenes qaytdi. Mavsumning so‘nggi sakkizta o‘yinida Nkunkuda imkoniyatlar ko‘p bo‘lishiga shubham bor».

Fofana so‘nggi Jahon va Yevropa chempionatlarida ishtirok etgan. Nkunku esa jarohat tufayli qaydnomadan chiqib ketgani sababli Qatardagi mundialda o‘ynamagan edi.

Kiritildi: 12:55, 29.03.2026.
O'qildi: 535 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик