Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor 0-0 Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

«Xotinim «Inter»ga, o‘g‘lim esa «Yuventus»ga muxlis» — Ambrozini oilasidagi qiziq holat haqida gapirdi

«Xotinim «Inter»ga, o‘g‘lim esa «Yuventus»ga muxlis» — Ambrozini oilasidagi qiziq holat haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Milan» va Italiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Massimo Ambrozini UYEFA Chempionlar Ligasining so‘nggi finali vaqtida kimga xayrixoh bo‘lgani haqida so‘zlab berdi. Hal qiluvchi bahsda Fransiyaning «PSJ» va Italiyaning «Inter» jamoalari to‘qnash kelishgan edi (5:0).

«Rostini aytaman — «Milan» o‘yinchisi bo‘lgan vaqtimda «Inter»ga nisbatan o‘zgacha tuyg‘ularim bor edi. Ammo faoliyatimni yakunlab, sharhlovchi sifatida DAZN va Primeda ishlay boshlaganimdan so‘ng fikrimni o‘zgartirdim. Menda Italiya klublari haqida hech qanday yomon fikr yo‘q. Turmush o‘rtog‘im «Inter»ga muxlislik qiladi, 16 yoshli o‘g‘lim esa «Yuventus» ishqibozi. Shunday qilib, bizda barcha katta jamoalar qamrab olingan!» — dedi Ambrozini GFFN nashriga bergan intervyusida.

Chempionlar Ligasining joriy mavsumida faqatgina bitta klub 1/8 final bosqichigacha yetib bordi. Bu «Atalanta» bo‘lib, u yakunda «Bavariya»ga imkoniyatni boy berdi — 1:6, 1:4.

Kiritildi: 13:23, 29.03.2026.
O'qildi: 591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик