Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘rtoqlik o‘yini. Fransiya terma jamoasi O‘zbekistonning JCHdagi raqibini mag‘lub etdi (videosharh)

O‘rtoqlik o‘yini. Fransiya terma jamoasi O‘zbekistonning JCHdagi raqibini mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Kolumbiya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakuniga yetdi. O‘yin AQSHning Landover shahridagi «Northwest Stadium» stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Fransiya terma jamoasi futbolchilari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi birinchi golni 29-daqiqada fransiyalik hujumchi Dezire Due kiritdi. 41-daqiqada Markus Tyuram yevropaliklar ustunligini oshirdi. 56-daqiqada esa Due dubl qayd etdi. 77-daqiqada Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xaminton Kampas bitta gol urib, yakuniy hisobni 3:1 ko‘rinishida belgiladi.

Har ikki jamoa 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadi. Musobaqa kelasi yozda AQSH, Kanada va Meksika hududida bo‘lib o‘tadi. Yevropa saralash bosqichi natijalariga ko‘ra Fransiya D guruhida 16 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. Janubiy Amerika saralash bosqichida esa Braziliya terma jamoasi 28 ochko bilan uchinchi o‘rinni oldi. Kolumbiya JCHda O‘zbekiston bilan bir guruhdan o‘rin olgan.

O‘rtoqlik uchrashuvi.
29 mart, yakshanba.
Kolumbiya — Fransiya — 1:3
Gollar: 0:1 Due 29', 0:2 Tyuram 41', 0:3 Due 56', 1:3 Kampas 77'

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:45, 30.03.2026.
O'qildi: 2269 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик