Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

«Talantning o‘zi yetmaydi»: Grem Potter Shvesiyaning JCH-2026 yo‘llanmasini qanday qo‘lga kiritgani haqida

«Talantning o‘zi yetmaydi»: Grem Potter Shvesiyaning JCH-2026 yo‘llanmasini qanday qo‘lga kiritgani haqida

Baho:
+ | -

Shvesiya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Potter Jahon chempionati — 2026 saralashining pley-off bosqichida Polsha ustidan qozonilgan g‘alabani (3:2) izohladi.

«Aql bovar qilmaydigan oqshom. Bularning barchasining bir qismi bo‘lish — shunchaki hayratlanarli! Bu katta sharaf va beqiyos tajriba. Jamoa uchun juda xursandman. Qiyin bo‘ldi, lekin yigitlar bilan faxrlanaman. Dramatik o‘yin guvohi bo‘ldik, hissiyotlarni va tikilgan maqsadning ahamiyatini nazorat qilish juda mushkul edi.

Biz jamoani birlashtirishimiz kerak edi. Tarkibda iqtidorli o‘yinchilar ko‘p, lekin ayniqsa xalqaro miqyosda faqat iste’dodning o‘zi yetarli emas. Biz jamoani yagona butunlikka aylantirishimiz va mustahkam poydevor yaratishimiz shart edi. O‘ylaymanki, yakunda hammasi jamoaviylikka va maydonda bir-birimiz uchun qanday kurashganimizga borib taqaldi», — deya Potterning so‘zlarini UYEFA rasmiy sayti keltirmoqda.

Shvesiya terma jamoasi JCH-2026 turnirida Niderlandiya, Yaponiya va Tunis bilan birgalikda «F» guruhida ishtirok etadi.

Kiritildi: 05:20, 01.04.2026.
O'qildi: 734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик