Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Luis Enrike portugaliyalik yulduzni "PSJ"da ko‘rmoqchi

Luis Enrike portugaliyalik yulduzni "PSJ"da ko‘rmoqchi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

Fichajes nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «PSJ» klubi portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Xavbekni Parij klubida ko‘rishni shaxsan Luis Enrike istamoqda. Ispaniyalik mutaxassis Brunu Fernandesh, Vitinya va Joau Neveshdan iborat yarim himoya triosini shakllantirishni rejalashtirgan. «Manchester Yunayted» parijliklarning portugaliyalik futbolchi transferi bo‘yicha bergan 70 million yevrolik taklifini rad etdi. «PSJ» uchun Brununi qo‘lga kiritishning yagona yo‘li — evaziga Joau Neveshni berish yoki 120 million yevro to‘lashdir.

Brunu Fernandesh 2020 yilda «Sporting»dan «Manchester Yunayted»ga 65 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning «qizil iblislar» bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi Manchester klubi safida barcha turnirlarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:40, 01.04.2026.
O'qildi: 1661 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик