Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

Skaloni Italiyaning ketma-ket uchinchi marta JCHdan qolib ketganiga munosabat bildirdi

Skaloni Italiyaning ketma-ket uchinchi marta JCHdan qolib ketganiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Italiyaning jahon chempionatiga chiqa olmagani haqida gapirdi. «Skuadra Adzurra» JCH-2026 yo‘llanmasi uchun kechgan hal qiluvchi bahsda Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berdi — yo‘llanma taqdirini penaltilar seriyasi hal qildi.

«Italiya bilan sodir bo‘lgan voqea meni xafa qildi. Mening kelib chiqishim italiyalik, u yerda to‘p surganman. Bu Argentina uchun qardosh davlat, u yerda bizni juda yaxshi ko‘rishadi. Italiyaning jahon chempionatida ishtirok etmasligi argentinaliklarni aslo quvontirmaydi», — deya Skalonining so‘zlarini keltirmoqda AlbicelesteTalk.

Italiya terma jamoasi ketma-ket uchinchi bor mundialni o‘tkazib yuboradi — ilgari bunday holat kuzatilmagan edi.

«Albiseleste»da esa vaziyat ancha tinch: amaldagi jahon chempionlari Zambiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 5:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Kiritildi: 13:14, 01.04.2026.
O'qildi: 290 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик