Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar 1-2 Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya - Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

Skaloni Messining 1000 ta gol urishiga ishonmoqda

Skaloni Messining 1000 ta gol urishiga ishonmoqda

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Lionel Messining sermahsulligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Inter Mayami»ning 38 yoshli futbolchisi Zambiyaga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida argentinaliklarning yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi va 43-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu hujumchi faoliyatidagi 902-gol bo‘ldi.

«O‘ylaymanki, agar Messi o‘ynashda davom etsa, 1000 ta gol uradi. Umid qilamanki, u jamoada qoladi, chunki u o‘zini maydonda juda qulay his qilmoqda. Barchamiz uni shu yerda ko‘rishni istaymiz», — deya Skalonining so‘zlarini keltirmoqda The Touchline.

Lionel Messi bo‘lajak jahon chempionatiga borish-bormasligi borasida hali bir qarorga kelmagan. Forvardning «Inter Mayami» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning oxirigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:24, 01.04.2026.
O'qildi: 698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик