"Nyukasl Yunayted" bosh direktori Devid Xopkinson yarim himoyachi Sandro Tonalining boshqa klubga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Avvalroq futbolchining "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" yoki "Arsenal"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
"Bizda futbolchilarning ketishi bo‘yicha umumiy strategiya yo‘q. Shu yozda futbolchilar nimani xohlashi yoki xohlamasligi mumkinligini diqqat bilan o‘ylab ko‘ramiz. Lekin, agar Isak bilan bo‘lgan vaziyat takrorlansa, shartnomasi bor har qanday o‘yinchi faqat bizning shartlarimiz asosida ketadi. Biz bundan klub uchun imkon qadar maksimal foyda olishga harakat qilamiz.
Kelgusidagi strategiyamiz — foydali sotib olish va foydali sotishdan iborat. Foydali xarid qilish degani, albatta maksimal darajada pul sarflashni anglatmaydi. Bu bozorda transfer narxiga emas, balki klubga eng katta foyda keltiradigan futbolchilar ustida ishlashni anglatadi.
Shunday qilib, biz ko‘plab usullardan foydalanishimiz kerak, jumladan, o‘z futbolchilarimizni tarbiyalash, bozordagi imkoniyatlarni qidirish va mavjud narxlar doirasida imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishni ta’minlashdir", — deya Xopkinsonning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.













