Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

"Chelsi" va "Liverpul" "MYU"ning "Monako"dagi transfer maqsadini ilib ketishi mumkin

"Chelsi" va "Liverpul" "MYU"ning "Monako"dagi transfer maqsadini ilib ketishi mumkin

Baho:
+ | -

"Chelsi" va "Liverpul" klublari "Monako"ning 22 yoshli yarim himoyachisi Lamin Kamarani kuzatib borishmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, monegasklar futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor, biroq uni kamida 65-75 million yevroga baholashmoqda. Kamaraning shartnomasida tovon puli haqida band yo‘q. Shu bilan birga, "Monako" o‘yinchini tezroq sotishga intilmayapti, chunki uning qiymati yanada oshishi mumkin deb hisoblaydi.

Avvalroq TEAMtalk portali senegallik futbolchiga "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqish borligi haqida xabar bergan edi.

Joriy mavsumda Kamara barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 14:43, 01.04.2026.
O'qildi: 995 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик