Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

"Real"ga Tonalini 92 mln yevroga sotib olish taklif qilindi

"Real"ga Tonalini 92 mln yevroga sotib olish taklif qilindi

Baho:
+ | -

"Nyukasl Yunayted" yarim himoyachisi Sandro Tonalining agentlari uning xizmatlarini "Real Madrid" prezidenti Florentino Peresga taklif qilishdi. Tonalining o‘zi Angliyada qolishni istayotganiga qaramay, uning atrofidagilar Madrid klubiga o‘tish imkoniyatlari ustida faol ishlamoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Agentlar "Real" rahbariyatiga "Nyukasl" o‘z yetakchisini 80 million funt (92 million yevro) evaziga qo‘yib yuborishga tayyorligini ma’lum qilishgan. Bu summa madridliklar uchun katta to‘siq bo‘lmasligi kerak.

Manbaga ko‘ra, agar "qirollik klubi" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrini qo‘lga kirita olmasa, Tonali "qaymoqranglilar" uchun zaxira varianti sifatida ko‘rilmoqda. Hozirda "Real" Tonali bilan muzokaralarni boshlashga shoshilmayapti, chunki ular Rodrini transfer qilish imkoniyatlarini yuqori baholashmoqda.

Joriy mavsumda Tonali "Nyukasl" safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, italiyalik futbolchining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 19:43, 01.04.2026.
O'qildi: 1031 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик