Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

«San-Siro» sotuvi bo‘yicha tergov: Milan meriyasi va klublar ofislarida tintuv o‘tkazildi

«San-Siro» sotuvi bo‘yicha tergov: Milan meriyasi va klublar ofislarida tintuv o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Seshanba kuni ertalab Italiya moliya polisiyasi «San-Siro» stadionini «Inter» va «Milan» klublariga 200 million yevroga sotish bo‘yicha kelishuvni tergov qilish doirasida Milan shahar kengashi ofislarida tintuv o‘tkazdi.

Mansabdor shaxslar til biriktirish va kimoshdi savdolarida firibgarlik qilishda gumonlanmoqda. Musodara qilingan buyumlar orasida kompyuterlar va mobil telefonlar bor.

Shuningdek, to‘qqiz kishiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda, ular orasida «Inter»ning sobiq bosh direktori Alessandro Antonelli va «Milan» tomonidan boshqariladigan Sport Life City kompaniyasi prezidenti Juzeppe Bonomi ham bor.

Taxminlarga ko‘ra, ular maxfiy ma’lumotlarni ulashib kelgan va parda ortida ish olib borib, «Inter» va «Milan» bilan kelishuv tuzilishiga yordam bergan — bu bilan ular nohalol raqobatni yuzaga keltirishgan.

«Milan» va «Inter» klublarining o‘zlari tergov ostida emas, biroq tintuvlar stadionni boshqarish uchun tashkil etilgan va har ikki klubga tegishli bo‘lgan M-I kompaniyasida ham o‘tkazilgan.

Kiritildi: 13:30, 02.04.2026.
O'qildi: 719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик