Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

Ispaniya hukumati rahbari muxlislarning xatti-harakatiga munosabat bildirdi

Ispaniya hukumati rahbari muxlislarning xatti-harakatiga munosabat bildirdi

Baho:
+2 | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches Ispaniya va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi (0:0) vaqtida musulmonlarga nisbatan aytilgan haqoratli hayqiriqlarni qoraladi.

O‘yin 31 mart kuni Barselonada bo‘lib o‘tdi. Taxminan 20-daqiqada muxlislarning bir qismi «Kimki sakramasa, u musulmon» qabilidagi shiorlarni ayta boshladi. «RCDE Stedium»dagi tomoshabinlarning bir qismi ushbu hayqiriq ohangiga mos ravishda sakrashni boshlagan. Kataloniya polisiyasi mazkur holat yuzasidan jinoiy tergov boshladi.

«Kechagi hodisa mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat va u boshqa takrorlanmasligi lozim. Madaniyatsiz ozchilikning ko‘p fikrli va bag‘rikeng mamlakat bo‘lgan Ispaniya imijiga putur yetkazishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Milliy terma jamoa va uning muxlislari ham bundan mustasno emas.

Jabr ko‘rgan sportchilarni chin qalbdan qo‘llab-quvvatlashimni bildiraman va o‘z hurmati bilan mamlakatimizning yaxshilanishiga hissa qo‘shayotganlarni olqishlayman», — deb yozdi Sanches.

Kiritildi: 13:39, 02.04.2026.
O'qildi: 755 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик