Kirish Ro'yxatdan o'tish

Buffon nima uchun Italiya terma jamoasidagi lavozimini tark etganini tushuntirdi

Buffon nima uchun Italiya terma jamoasidagi lavozimini tark etganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, Janluiji Buffon Italiya terma jamoasidagi lavozimidan iste’foga chiqdi. Sobiq darvozabon ushbu qarorining sabablarini tushuntirib berdi va bu to‘xtamga Italiya terma jamoasining Bosniya va Gersegovinadan uchralgan mag‘lubiyatidan so‘ng kelganini ta’kidladi.

«Iste’foga chiqish qarori Bosniyadan uchralgan mag‘lubiyat lahzasida qabul qilingandi. Bu vaziyat taqozosi bilan yuzaga kelgan tabiiy qaror edi. Qalbim qon yig‘layotgan bir paytda shunday to‘xtamga kelgandim. Bu qanday hissiyot bo‘lganini hammangiz yaxshi bilasiz. Mendan buni e’lon qilish uchun biroz kutib turishimni so‘rashgandi, ammo hozir, federasiya prezidenti Gravina iste’fo berganidan so‘ng, men ham buni ochiq aytishim mumkin», — dedi Buffon.

Eslatib o‘tamiz, Janluiji Buffon futbolchilik faoliyatini 2023 yilda yakunlagan edi.

Kiritildi: 08:34, 03.04.2026.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик