Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ederson La Liga grandi bilan kelishuvga erishdi

Ederson La Liga grandi bilan kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

«Atalanta» klubining braziliyalik yarim himoyachisi Ederson Italiya A Seriyasini tark etib, faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Jurnalistga ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli yarim himoyachining transferiga Madridning «Atletiko» klubi qiziqish bildirmoqda. «Matraschilar» futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazib, kelayotgan yozda amalga oshiriladigan o‘tish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishishgan.

Edersonning bergamoliklar bilan imzolagan mehnat shartnomasi kelasi yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Uning bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.

Italiya chempionatining joriy mavsumida yarim himoyachi 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylandi.

Kiritildi: 13:20, 03.04.2026.
O'qildi: 868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик