Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Atletiko» himoyachisi «Barselona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

«Atletiko» himoyachisi «Barselona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi himoyachisi Mark Pubil hamon jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgani yo‘q. 22 yoshli futbolchi mushaklaridagi muammolar sababli yaqinda «Real»ga qarshi kechgan derbini o‘tkazib yuborgan edi. Ispaniyalik himoyachi allaqachon mashg‘ulotlarga kirishgan bo‘lsa-da, Marca nashrining xabar berishicha, «matraschilar» murabbiylar shtabi uning Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida «Barselona»ga qarshi kechadigan dastlabki o‘yingacha tiklanishga ulgurmasligidan xavotirda.

Jamoalar 8 aprel kuni «ko‘k-anorranglilar» maydonida kuch sinashishadi, 14 aprelda esa madridliklar kataloniyaliklarni o‘z uylarida qabul qilishadi. Bungacha, 4 aprel kuni Ispaniya chempionati doirasida «Atletiko» o‘z maydonida «Barsa» bilan bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, Mark Pubil o‘tgan yilning yozida «Almeriya»dan Diyego Simeone jamoasi safiga kelib qo‘shilgan edi.

Kiritildi: 13:39, 03.04.2026.
O'qildi: 1169 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик