Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Shaxmat toji uchun talabgorlar turniri. Javohir Sindarov Xikaru Nakamurani ham taslim etdi

Shaxmat toji uchun talabgorlar turniri. Javohir Sindarov Xikaru Nakamurani ham taslim etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan Talabgorlar turnirining 5-turida navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik grossmeyster ushbu turda dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri, AQSH vakili Xikaru Nakamura bilan qora donalarda bahs olib bordi.

Xikaru uchun bugungi bahsda g‘alaba qozonish katta ahamiyatga ega ekanini inobatga olib, hujumkor o‘yin uslubini tanladi. Xikaru o‘yin boshida 2 ta piyodani qurbon berib, hujumkor vaziyatni qo‘lga kiritib, Javohir oldiga muammolar qo‘ya boshladi. Sindarov esa raqibning barcha hamlalarini juda katta aniqlikda bartaraf etib, endshpilda katta ustunlikka ega bo‘ldi. Natijada Nakamura 41-yurishda o‘z mag‘lubiyatini tan oldi.



Sindarov kuchli raqib ustidan qozonilgan g‘alaba tufayli o‘z ochkolari sonini 4,5 taga yetkazdi va u umumiy jadvalda yaqqol peshqadamlik qilishda davom etadi. Ikkinchi pog‘onadagi Fabiano Karuana esa bugun Mattesu Blyubaumni mag‘lub etib, o‘z ochkolarini 3,5 ochkoga yetkazib oldi. Ikki nafar shaxmatchi hisobida 2,5 ochko mavjud.

Javohir 4-aprel kuni 6-tur doirasida xitoylik Vey Yiga qarshi qora donalarda o‘ynaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:55, 03.04.2026.
O'qildi: 1994 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик