Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Mark Kukurelya dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachisi kimligini aytdi

Mark Kukurelya dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachisi kimligini aytdi

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya o‘z pozisiyasida dunyo futbolida kimni eng zo‘r deb hisoblashini aytdi.

Ispaniyalik futbolchi «Pari Sen-Jermen» va Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan 23 yoshli Nunu Mendeshni alohida e’tirof etdi.

«Men hozir juda yaxshi sport formasidaman, ammo Mendesh — dunyodagi eng yaxshi chap qanot himoyachisi», — deya Kukurelyaning intervyusidan iqtibos keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano.

Joriy mavsumda Nunu Mendesh Luis Enrike jamoasi safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mart oyida portugaliyalik futbolchi parijliklarga Chempionlar ligasi 1/8 finalida «Chelsi»ni umumiy 8:2 hisobida tor-mor etishga yordam bergan edi.

Kiritildi: 12:04, 04.04.2026.
O'qildi: 861 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик