Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem

O‘zPFL: «Bunyodkor» va «Lokomotiv» futbolchilari qo‘mita yig‘ilishiga qadar maydonga tushmaydi

O‘zPFL: «Bunyodkor» va «Lokomotiv» futbolchilari qo‘mita yig‘ilishiga qadar maydonga tushmaydi

Baho:
+ | -

Superliga 5-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» — «Lokomotiv» uchrashuvi yakunida kelib chiqqan janjal sabablari o‘rganib chiqildi. Maxsus inspeksiya 6 aprel kuni Linaga o‘z bildirgisini taqdim etdi.

O‘rganish natijalari:

Voqea tafsilotlari stadion kameralari, guvohlar va Komissar ko‘rsatmasi yordamida o‘rganilgan. Shuningdek, quyidagi shaxslar bilan suhbat o‘tkazilgan:

  • Abdulloh Yo‘ldoshev («Lokomotiv» futbolchisi)

  • Narimon Ahmadjonov («Bunyodkor» futbolchisi)

  • Bek Abdullayev («Bunyodkor» seleksioner murabbiyi)

  • Botir Zohidov («Bunyodkor» ma’muri)

Liganing pozisiyasi:

Garchi tomonlar ichki ishlar bo‘limida bir-biriga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan bo‘lsa-da, Liga professional sportchiga xos bo‘lmagan bu harakatni jazosiz qoldirmaslikka qaror qildi. Ayniqsa, voqea o‘yin tugaganidan keyin, «o‘ch olish» maqsadida sodir etilgani alohida qoralandi.

Qabul qilingan choralar:

  1. Lisenziyani qaytarib olish: «Lokomotiv» futbolchisi Abdulloh Yo‘ldoshev va «Bunyodkor» a’zosi Narimon Ahmadjonovning lisenziyalari Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishiga qadar qaytarib olindi. Ular maydonga tusha olmaydi.

  2. Klubga nisbatan sanksiya: «Bunyodkor» klubi o‘z xodimi (Bek Abdullayev)ning texnik zonadagi noo‘rin harakatlari va vaziyatni keskinlashtirgani uchun alohida sanksiyaga tortilishi mumkin.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:06, 07.04.2026.
O'qildi: 1449 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик