Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

«Liverpul» muxlislari isyon ko‘tarmoqda

«Liverpul» muxlislari isyon ko‘tarmoqda

Baho:
+ | -

«Liverpul» muxlislari kengashi chiptalar narxi oshirilgani sababli, APL doirasida 11 aprel kuni «Fulxem»ga qarshi kechadigan uy uchrashuvidan boshlab «Enfild» ichkarisida va tashqarisida norozilik aksiyalari o‘tkazilishini e’lon qildi.

Ishqibozlar jamoa ixlosmandlarini stadion hududida pul sarflamaslikka va abonementlarni uzaytirishni kechiktirishga chaqirdi. Bundan ko‘zlangan maqsad — klub xo‘jayini, Fenway Sports Group rahbari Jon Xenriga «signal yuborish» hisoblanadi.

Yaqinda mersisaydliklar inflyasiyani sabab qilib ko‘rsatgan holda, keyingi uch mavsumning har birida chiptalar narxini oshirishini ma’lum qildi. Shunga ko‘ra, 2026/27 yilgi mavsumdan boshlab 39 funtdan 61 funtgacha bo‘lgan kattalar chiptasi 3 foizga — taxminan 1,25–1,75 funtga qimmatlashadi.

Hozirda 713 funtdan 904 funtgacha bo‘lgan mavsumiy abonementlar narxi esa 21,5 funtdan 27 funtgacha oshadi — bu har bir o‘yin uchun 1,42 funt qo‘shimcha xarajat demakdir.

Bunga qadar «Liverpul» oxirgi 10 mavsumning 8 tasida chiptalar narxini o‘zgarishsiz saqlab kelgan edi. Endilikda klub rahbariyati 2016/17 yilgi mavsumdan beri «Enfild»da o‘yin kunlaridagi operasion xarajatlar 85 foizga oshganini da’vo qilmoqda.

«Qizillar»ning muxlislar kengashi esa, o‘z navbatida, klubning media va tijorat faoliyatidan olayotgan daromadlarini hisobga olsa, chiptalar narxini oshirishga hech qanday ehtiyoj yo‘q deb hisoblaydi.

Kiritildi: 13:11, 07.04.2026.
O'qildi: 1060 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик