Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Endrik Bobbi Charlton qanday qilib uning kumiriga aylangani haqida gapirib berdi

Endrik Bobbi Charlton qanday qilib uning kumiriga aylangani haqida gapirib berdi

Baho:
+ | -

Huquqiy jihatdan "Real"ga tegishli bo‘lgan "Lion" hujumchisi Endrik o‘z kumirlari haqida to‘xtaldi.

"Men EA Sports FC o‘yinining ashaddiy ishqiboziman va Ultimate Team'da ko‘p o‘ynayman. Bobbi Charltondan tashqari, menga Ruud Gullit bilan o‘ynash ham yoqadi. Men Charlton tarixini o‘rganishni boshladim, chunki u hujumchi bo‘lishiga qaramay, yarim himoyada ham o‘ynagan va juda yaxshi himoyalangan. Men o‘zim o‘ynaydigan futbolchilar tarixini bilishni yaxshi ko‘raman, lekin uni unchalik yaxshi tanimasdim, shuning uchun u haqida ma’lumot qidirdim va uning "Manchester Yunayted"da o‘ynaganini, Yevropa chempionlari kubogini yutganini hamda mahalliy muxlislarning mehriga sazovor bo‘lganini bildim. Uning tarixi menga yoqib qoldi va uni o‘yinda tez-tez ishlatadigan bo‘ldim, chunki uning zarbasi dahshatli. Afsuski, u bilan shaxsan uchrashish nasib etmadi, lekin internetda u ishtirok etgan lavhalarni ko‘rganman", — deya Endrikning so‘zlarini keltiradi FourFourTour.

Eslatib o‘tamiz, Bobbi Charlton 1956 yildan 1973 yilgacha "Manchester Yunayted"da to‘p tepgan. U 1966 yilgi jahon chempioni hisoblanadi.

Kiritildi: 20:34, 07.04.2026.
O'qildi: 1178 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик