Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Superliga. “Navbahor” so‘nggi daqiqada gol urib, “Andijon”ni yengdi, “Bunyodkor” safarda “Mash’al”dan ustun keldi

Superliga. “Navbahor” so‘nggi daqiqada gol urib, “Andijon”ni yengdi, “Bunyodkor” safarda “Mash’al”dan ustun keldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 6-tur uchrashuviga start berildi. “Lokomotiv” — “Xorazm” uchrashuvi durang natija bilan yakunlandi. “Bunyodkor” klubi safarda “Mash’al” ustidan g‘alabaga erishdi. Vodiy derbisida “Navbahor” “Andijon”ni yengdi.

“Mash’al” — “Bunyodkor”

G‘uzor shahridagi “G‘uzor” satadionida o‘tgan o‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Uchrashuvdagi yagona gol 90+1-daqiqada “qaldirg‘ochlar”ning montenegrolik hujumchisi Matiya Krivokapich tomonidan penaltidan kiritildi. 68-daqiqada mezbonlar hujumchisi Humoyun Murtazoyev raqib futbolchisiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatildi.

Ushbu g‘alaba evaziga “Bunyodkor” ochkolari sonini 13 taga yetkazib oldi va turnir jadvalining 2-pog‘onasini egallab turibdi. Mavsumdagi oltinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgan “Mash’al” esa so‘nggi o‘rinda bormoqda.

“Bunyodkor” 14 aprel kuni 7-turda turnir peshqadami va amaldagi chempion “Neftchi” jamoasini qabul qiladi. “Mash’al” esa 13 aprel kuni “Paxtakor” mehmoni bo‘ladi.

O‘zbekiston Superligasi, 6-tur
“Mash’al” — “Bunyodkor” 0:1
Gol: 0:1 — Krivokapich (pen, 90+1).
Chetlatish: Humoyun Murtazoyev (“Mash’al”, 68-daqiqa)

“Lokomotiv” — “Xorazm”

Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida kechgan uchrashuvda “Lokomotiv” va “Xorazm” jamoalari 1:1 hisobida durang qayd etdi.

O‘yinning ilk daqiqalaridanoq “temir yo‘lchilar” hujumkorlikka urg‘u berdi. Biroq birinchi bo‘limda hisob o‘zgarishsiz qoldi.

Ikkinchi bo‘limda “Xorazm” murabbiylari o‘yinga o‘zgarishlar kiritib, vaziyatni o‘nglashga harakat qildi. Bu o‘z samarasini berdi. Zaxiradan maydonga tushgan fransiyalik hujumchi Yanis Leri 66-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo mezbonlar 81-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov tomonidan kiritilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Ayni paytda “Lokomotiv” hamda “Xorazm” 8 ochko bilan turnir jadvalida yonma-yon bormoqda — 7 va 8-o‘rin.

“Lokomotiv” 12 aprel kuni 7-turda “Dinamo” maydoniga safar qiladi. “Xorazm” esa 14 aprel kuni o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

O‘zbekiston Superligasi, 6-tur
“Lokomotiv” — “Xorazm” 1:1
Gollar: 0:1 — Leri (66), 1:1 — Abduxoliqov (81).

“Andijon” — “Navbahor”
Kunning so‘nggi uchrashuvi Andijondagi “Bobur Arena” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon “Andijon” Namanganning “Navbahor” klubini qabul qildi. Vodiy derbisi mehmonlarning 0:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol 90+7-daqiqada Namangan jamoasining gruziyalik legioneri Giorgi Jgerenaya tomonidan kiritildi.

Ushbu natijadan so‘ng “Andijon” 6 ochko bilan turnir jadvalining 10-pog‘onasida bormoqda. “Navbahor” esa 12 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.

“Bunyodkor” 12 aprel kuni 7-turda “OKMK”ni qabul qiladi, “Navbahor” esa “Surxon” bilan bellashadi.

O‘zbekiston Superligasi, 6-tur
“Andijon” — “Navbahor” 0:1
Gol: Giorgi Jgerenaia, 90+6 (0:1)

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:54, 07.04.2026.
O'qildi: 1125 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик