Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Samvel Babayan: «Andijoncha shijoat yetishmayapti»

Samvel Babayan: «Andijoncha shijoat yetishmayapti»

Baho:
+ | -

«Andijon» – «Navbahor» (0:1) o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

— Ketma-ket uchinchi o‘yin va uning oxirida gol qo‘yib yuborish alamli. Bunday uchrashuvlar bizga dars bo‘lyapti. Bu mening faoliyatimda birinchi bor sodir bo‘lmoqda. Yigitlar juda katta mehnat qilishdi. Juda achinarli holat. O‘yinni  70-daqiqasigacha haqiqiy tajovuzkor, hujumkor futbolni ko‘rdik. Keyin ba’zi narsalar o‘zgarib ketdi. 2-bo‘lim boshida raqibni qamrab olishimiz, ularga nisbatan tajovuzkor harakat qilishimiz kerak edi. Qandaydir tushunmovchilik bo‘ldi, simulsiya holati vaqti, qandaydir bizni to‘xtatish uchun. Alamlisi, oxirgi daqiqada gol o‘tkazib yuborish bo‘ldi. Bu holatda nazoratni yo‘qotdik. «Qizilqum» bilan burchak to‘pida ham shunday bo‘lgan edi. «Nasaf» bilan o‘yinda esa tezkor qarshi hujumni o‘tkazib yuborgandik. Ko‘p muhokama va tahlil qilmoqdamiz, nazoratni boshidan oxirigacha ushlab turishni iloji bo‘lmayapti. Yigitlarga va muxlislarga alamli mag‘lubiyat bo‘ldi. Biz albatta viloyat rahbariyatining ishonchini oqlashga harakat qilamiz, hammasi boshqacha bo‘lishi kerak. Mag‘lubiyat sababini chuqur tahlil qilamiz. Bu yigitlar, bu jamoa ko‘p narsalarga qodir, yuqori natijalarga loyiq. O‘ylaymanki, vaziyatni yaxshilash imkoniyatimiz bor. Vaziyatni to‘g‘rilash uchun hali vaqt bor. Hammasi o‘zimizni qo‘limizda. Rahbariyat bilan gaplashishimiz, keyingi holat qanday bo‘lishi, vaziyatdan chiqish haqida o‘ylab ko‘ramiz.

— Oston O‘runov bilan bog‘liq vaziyat haqida to‘xtalsangiz. U qachon jamoa safida maydonga tushishi mumkin?

— Bu borada yaxshi aloqada bo‘lib turibmiz. Bu holatga juda yaqinmiz. Bugun biz ulgurmadik. Yaqin kunlarda, keyingi o‘yinlarga burilish bo‘ladi. Uni maydonga tushishi uchun tashkiliy va huquqiy tomonlari bor. Futbolchi va ikkala jamoa, hamma qilish kerak bo‘lgan ishlarni bajardi. Faqat birgina tashkiliy FIFA tomonidan ruxsat berishi kerak. Menimcha, keyingi o‘yinlargacha bu masala hal bo‘ladi.

— Jamoa safida yaxshi saviyadagi o‘yinchilar yig‘ilgan. Biroq oldingi chiziqda yetarlicha vaziyatlar bo‘lmayapti.

— 70-daqiqagacha tajovuzkor, qanotlar bilan uyushtirilgan futbol ko‘rdik. Keyin biz o‘yinni yanada kuchaytirmoqchi edik. Uchinchi bor o‘yinni yutish maqsadida bir qator o‘zgarishlarga ham qo‘l urdik. Afsuski, buning teskarisi bo‘ldi. Doimgidek holat bo‘ldi: «Qizilqum»da, «Nasaf»da va bugun ham o‘sha holat takrorlandi.

Hamma ham «Andijon»da o‘ynay olmaydi. Doim bosim ostida. Bugun yaqqol ko‘rindi: ular avvalgi klublarida o‘ynagan, gollar urgan, ammo bu erga kelib negadir «yo‘qolib» qolishmoqda. Balki vaqt kerakdir, balki ruhiy tomondan sabablari bordir. Bu uchrashuvdan to‘liq qoniqmadik. Barcha olingan futbolchilarimga ishonamiz, ularni potesialini, nimaga qodirligini ham yaxshi bilamiz. O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdi, ammo ularni to‘liq kuchini maydonda ko‘rmayapmiz. Nima yetishmayapti? Andijoncha shijoat yetishmayapti. O‘yinlar yaxshi  harakat qilishdi, masalan, Usmonali. To‘g‘ri xatolari bo‘ldi, ammo jon kuydirdi, ko‘p harakat qildi, kurashdi, jamoa uchun. Qo‘lidan kelganicha jonbozlik qildi. Xuddi shunday shijoat kerak, bizga. Ba’zilarda bu yetishmayapti, bu nima bilan bog‘liq, balki vaqt moslashuv bilandir.

— Yil boshida jamoa oldiga chempionlik vazifasi qo‘yilgandi. 6 ta uchrashuvda 6 ochko. Bu maqsadga qanchalik erisha olasizlar?

— Bizga chempionlik maqsadi qo‘yilganini biroor marta eshitmadim. Unday emas, chempionlikka yo‘naltirilgan poydevor qo‘yilishi kerak. Chempionlik uchun juda ko‘p ishlar qilinishi zarur. Bizda tajriba bor, muxlislarni xursand qiladigan zamonaviy futbol ko‘rsatish maqsad bo‘lgan. O‘yinlarda yutqazdik, ayniqsa, «Neftchi» bilan. Ular bilan B rejaga o‘tib birinchi bo‘limda Boake gol urganda boshqacha bo‘lar edi. Hujumda o‘ynashga o‘tdik, tezkor gol o‘tkazib yubordik. «Nasaf» va «Qizilkum» bilan o‘yinda va bugungi bahsda biz mag‘lubiyatga loyiq emas edik. Bunday o‘yinlar orqali jamoa shakllanib boradi. Albatta, tahlil qilamiz, ishlashda davom etamiz. Chempionlik haqida hali ancha bor, o‘yin sifati va kadrlar borasida. Hozir biz chempionlik uchun jamoani shakllantirib boryapmiz.

— Mahalliy futbolchilardan Sardor Azimov, Abdulvohid G‘ulomov, Abdurahmon Komilov singari futbolchilar o‘rinbosarlar safida o‘ynashmoqda. Ular nima uchun o‘rinbosarlar jamoasiga o‘tkazildi?

— Maydonda hozir faqat kuchlilargina tushishmoqda. Mahalliy yoki chetdan kelgan farqi yo‘q, kuchligigina chiqib o‘ynaydi. Bugun Usmonali o‘zini oqladi, maydondagi mehnati bilan. Ajratmaymiz, biz bir jamoamiz.

— Chempionlik uchun poydevor bo‘lishi kerak deyapsiz. Shu narsani shartnoma tuzilishidan avval hammasini kelishib olganmisiz? Shuningdek, futbolchilarga vodiyda o‘ynash oson emas dedingiz. Siz ham o‘sha bosimni his qilyapsizmi?

— Albatta, bosim bo‘ladi. Biz yutqazdik. Lekin o‘yin tashkil qilish va yana bir qator muhim jihatlar bo‘yicha o‘z mo‘ljalimizdagi o‘yinimizni ko‘rsata oldik. Yutqazgan bo‘lsakda, futbolchilarga o‘yin uchun rahmat aytaman. Faqat oxirida nazoratni yo‘qotdik, qandaydir mayda faktorlar yetishmayapti. Infrastruktura haqida gapirsam, bu borada yuqori o‘rinlarda turishga munosib darajadagi jamoa deyishim mumkin. Klubda yaxshi ishlar amalga oshirilyapti. Jamoa lider bo‘lishga loyiq. Bu borada katta ishlar bor. Hali biz Eron jamoalaridagi o‘yinchilarni jalb qilish bo‘yicha hamma jamoalar ichida biz birinchi bo‘shlib ishlarni boshladik. Bu jamoaning ishi, hujjat almashish, kelishuvlar borasida jamoa direktori aktiv ishlar olib bormoqda. Jamoa oldinga intilishi, yuqori cho‘qqilarga olib chiqish ham meni asosiy missiyam. Klubni ko‘tarish uchun ozgina vaqt kerak, lekin menda ko‘p vaqt yo‘q. Tezroq bajarish kerak. Albatta, bunday natija qayd etilayotganidan rahbariyat va muxlislar oldida menga noqulay,  achinarli holat. Ishonch bo‘lsa, vaziyatni o‘nglashga vaqt bo‘ladi. O‘z vazifamni sharaf bilan bajaryapman, dam olmasdan ertalabdan kechgacha ishlayapman, bizda dam olish kuni yo‘q. Birinchi marta bunday bo‘lyapti. To‘g‘risi, bu omadga bog‘liq. Faoliyatimda oxirgi daqiqalarda yengilish birinchi marta uchrayapti. Aksincha, meni jamoam oxirgi daqiqalarda vaziyatni hal qilib ketgan, hozir aksincha holat. Agar ishonch bo‘lsa, «Andijon» o‘zbek futbolida o‘z o‘rni va salohiyatiga ega bo‘lgan jamoa bo‘ladi, hali.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:40, 08.04.2026.
O'qildi: 810 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик