Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Superliga. «Surxon» so‘nggi daqiqada kiritilgan supergol evaziga OKMK bilan durang o‘ynadi

Superliga. «Surxon» so‘nggi daqiqada kiritilgan supergol evaziga OKMK bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 6-turidan o‘rin olgan OKMK — “Surxon” uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Toshkent shahridagi “Olimpik” stadionida o‘tgan o‘yin teng kurashlar ostida kechdi.

Hisob 3-daqiqada “OKMK” vingeri Nodir Abdurazzoqov tomonidan ochildi.

90+6-daqiqada Termiz jamoasining nigeriyalik legioneri Stefen Chinedu jarima zarbasidan uzatilgan to‘pni akrobatik uslubda OKMK darvozasiga joylab qo‘ydi. Shu tariqa, uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Mazkur natija evaziga Olmaliq jamoasi ochkolari sonini 5 taga yetkazib, turnir jadvalining 14-pog‘onasida bormoqda. “Surxon” esa 8 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi.

Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi OKMK 12 aprel kuni 7-tur doirasida “Andijon” maydoniga safar qiladi. Anvar G‘ofurov boshqaruvidagi “Surxon” esa “Navbahor”ga qarshi bahs olib boradi.

O‘zbekiston Superligasi, 6-tur
OKMK — “Surxon” 1:1
Gollar: 1:0 — Abdurazzoqov (3), 1:1 — Chinedu (90+6).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:26, 08.04.2026.
O'qildi: 1064 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик