Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Nomzodlar turniri. Javohir Sindarov Blyubaumga qarshi o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Nomzodlar turniri. Javohir Sindarov Blyubaumga qarshi o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

Kiprda o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha 2026 yilgi Nomzodlar turniri o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda. Musobaqaning 9-turida Sindarov germaniyalik Matias Blubaum bilan bahs olib bordi.

Germaniyalik shaxmatchi, kutilmaganda, o‘z odatiga xilof ravishda, hujumkor o‘yin namoyish etdi. Buning oqibatida u kichik xatolarga yo‘l qo‘ya boshladi. Sindarov esa to‘g‘ri himoyalanib, qarshi hujumga o‘tdi. 25-yurishga kelib kompyuter Javohirning g‘alaba qozonish imkoniyatini 4 ballga baholadi (ya’ni bitta sipoh ustunligini qayd etdi). Ammo, aynan 25-yurishda Sindarov Farzin b7 yurishini ko‘rmay qoldi. Oqibatda farzinlar va ba’zi yengil sipohlar almashib ketdi va vaziyat durangga aylanib qoldi.



Har ikki shaxmatchi 59-yurishdan so‘ng durangga rozi bo‘ldi. Ushbu natija evaziga Javohir 7 ochko bilan turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi.

Musobaqada 4,5 ochko bilan 2 va 3-o‘rinni egallab turgan Fabiano Karuana va Anish Giri o‘rtasidagi o‘yinda, kutilmaganda, niderlandiyalik shaxmatchining qo‘li baland keldi. Natija Giri 5,5 ochko to‘plagan holda Sindarov bilan oradagi farqni 1,5 ochkoga qisqartirdi.

Eslatib o‘tamiz, 15 aprelga qadar davom etadigan ushbu turnir g‘olibi amaldagi Jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi shaxmat toji uchun kechadigan bahsda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. 700 ming AQSH dollari miqdoridagi sovrin jamg‘armasiga ega musobaqa ikki davradan (14 ta tur) iborat.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:33, 08.04.2026.
O'qildi: 2580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик